YANGILIK VA TADBIRLAR

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

1-1

     Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Qushbegi” mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda О‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Rixsitilla Abdullayev, institut о‘qituvchisi, shoir Tolmas Tillayev, professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.  

     Mahalla yoshlari о‘rtasida “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish”, “Shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, mushoira va adabiy kechalar” tashkil etish  borasida ham institut rahbariyati tomonidan ko‘plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Tashkil etilgan davra suhbatida mehmonlar 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan mahalladagi yoshlar va kutubxona xazinasi uchun badiiy adabiyotlar to‘plamlarini sovg‘a qilindi.

     Ijodiy uchrashuvda mazmunli suhbatlar qurildi, ayniqsa, shoirning “Vatan” haqidagi ijro qilingan she’rlari yig‘ilgan ishtirokchilar qalbida katta tassurot qoldirdi.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!