YANGILIK VA TADBIRLAR

1-may “Favvoralar kuni!”

11

Aslida o‘tayotgan har bir kunimiz xursandchilik va bayramlarga boyligi bilan ajralib turadi. May oyi o‘zining tarovati, tabiatdagi ob-havoning mo‘tadilligi va bahorning dillarga yoqadigan epkinlari bilan barchamizga birdek yoqadi. Suv aslida hayot ramzi sanaladi. Ayniqsa, uning favvora bo‘lib otilishi va uning etlarni junbushga keltiradigan shabadasi qalblarimizga o‘zgacha xushnudlik olib kiradi.
Har yili O‘zbekistonda 1-may “Favvoralar kuni” sifatida nishonlanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘payganligidan darak bermoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bir guruh ustoz-murabbiy hamda talaba-yoshlari poytaxtimizning turli go‘shalarida joylashgan favvoralar atrofiga jam bo‘lishdi. Bunda institutning “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi o‘qituvchilari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida istirohat bog‘idagi  favvoralar qarshisida sayr qilishib, maroqli dam olishdi.

TTYeSI jamoasi xalqimizga favvoralar bayrami kunida doimiy xursandchilik tilaydi. Va qalblarimizda mehr-oqibat, samimiyat kabi tuyg‘ular ana shu favvoralar kabi otilib tursin. Har bir kunimiz bayram bo‘lsin!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!