YANGILIK VA TADBIRLAR

2 iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun!

photo_2021-07-02_09-36-29

     Bayroq har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Bugun О‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni! “О‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tо‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.

     Davlat gerbi dumaloq kо‘rinishga ega bо‘lib, shaklning sо‘l tomoni rizq-rо‘zimiz timsoli – bug‘doy boshoqlaridan, о‘ng tomoni esa о‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz – chanoqlari ochilgan g‘о‘za shoxlaridan iborat chambarga о‘ralgan. Uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

      Gerbning yuqori qismida esa О‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz ma’nosi mamlakat aholisining kо‘p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida – baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

     Gerbning pastki qismida О‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „О‘zbekiston“ deb yozib qо‘yilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!