YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSI mutasaddilari Rossiyaning Kostroma davlat uneversitetida xizmat safarida.

TTYSI mutasaddilari Rossiyaning Kostroma davlat uneversitetida xizmat safarida. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining kafedrasi mudirlari Omon Kadirov Abror Ulukmuradov 29-noyabr kuni Kostroma davlat universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori meditsina fanlar nomzodi, dotsent Stepan Buykin bilan suhbat olib bordi. Suhbat boshida prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga ko’rsatilayotgan eʼtibor sababli mamlakatimiz hamda xorijiy oliygohlar oʻrtasida talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyilganini maʼlum qilindi. Oxirgi ikki yilda TTYSIda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar jumladan, institutimiz rektori D.Vaxabov boshchiligida 3–4-kurs talabalarining dual taʼlim dasturi doirasida amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun zamin yaratilgani aytildi. TTYSI va KDU oʻrtasida tuzilgan memorandum boʻyicha olib borilishi kerak boʻlgan, ilmiy va oʻquv-metodik ishlarni keng koʻlamli davom ettirish, oʻzaro talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda hamkorlikda xalqaro grant loyihalari ustida ham ishlar olib borilishi boʻyicha kelishib olindi. Suhbat soʻngida S.V.Buykin institumiz rahbariyatiga davom etayotgan hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!