YANGILIK VA TADBIRLAR

“Adolat” SDP saylovoldi targ‘iboti o‘tkazildi

1
Joriy yilning 23-sentyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Baxrom Abduhalimov Abdurahimovichning saylovoldi dasturi bilan keng ommani tanishtirish maqsadida nomzodning ishonchli vakili ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Tadbirda partiyaning Toshkent shahar Kengashi a’zolari, tuman Kengashlari, deputatlar, institut professor-o‘qituvchilari, ustoz-murabbiylari, talaba-yoshlari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida o‘qituvchi va talabalar dastur yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq javoblar olishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!