Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

2021-yilning 8-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich ochib berdi.

Unda O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakillari mehmon bo‘lib, Navoiy ijodi haqida o‘zlarining ma’ruza va esdalik sovg‘alarini tadbir ishtirokchilariga taqdim etishdi.

Institutning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan ijro etilgan Navoiy ijodidan sahna ko‘rinishlari, g‘azalxonlik chiqishlari, kuy va navolari, go‘zal raqslari bilan chiqishlari ishtirokchilar kayfiyatini, tadbir shukuhini yanada oshirdi. Bu kabi ma’rifiy tadbirlar yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!