YANGILIK VA TADBIRLAR

An’anaviy 60-salomatlik spartakiadasi musobaqalariga start berildi

2022-yilning 5-yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Jismoniy tarbiya va sport – salomatlik garovi” shiori ostida professor-o‘qituvchi va xodimlar uchun sportning shashka turi bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida fakultetlararo an’anaviy 60-salomatlik spartakiadasi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa jarayoniga institut rektori Ilxom Sabirov tashrif buyurib, o‘quv yurtining barcha ishtirokchi xodimlariga omad va muvaffaqiyat yor bo‘lishini aytib o‘tdi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad professor-o‘qituvchi va xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, sport orqali ularning sog‘liqlarini mustahkamlash va jamoa o‘rtasida sportni yanada ommaviylashtirishdan iborat.
Musobaqalar joriy yilning 5-yanvaridan 8-yanvar kuniga qadar turli xil sport turlaridan o‘tkaziladi. Bellashuvga umumiy rahbarlik Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Ulug‘bek Abdullayev va bevosita “Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
G‘oliblar rahbariyatning qimmatbaho savg‘alari bilan taqdirlanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!