YANGILIK VA TADBIRLAR

“30-iyun – Yoshlar kuni” tabrigi!

Sabirov

Assalomu alaykum!
Aziz Yoshlar!


   Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, bilimga chanqoq, ko’zlari yonib turgan yoshlardir. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda.

    Bugungi kunda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, buning isboti sifatida 2021-yilning “Yoshlarni qo’llab – quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi ham yoshlarga qaratilayotgan ishonch va imkoniyatlarning isbotidir.

    Shu muqaddas ishonch va mas’uliyatni har tomonlama oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir.
Sizlarni sevimli bayramingiz, shijoat va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman!

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori,

Ilxom Sabirov

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!