YANGILIK VA TADBIRLAR

“Axborot kunlari” haftaligi o‘tkazildi

11
Kitob – umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma’naviy-ma’rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash’ala hisoblanadi.
Shu sababdan har bir inson qalbini kitobga oshno qilish maqsadida 2021-yilning 22-25 sentyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Axborot-resurs markazida “Axborot kunlari” haftaligi o‘tkazildi.
Axborot-resurs markaziga keltirilgan yangi adabiyotlar taqdimotida institut professor-o`qituvchilari, oliygoh jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etib, adabiyotlar to‘plami bilan yaqindan tanishdilar. Taqdimot Axborot-resurs markazi direktori Rigina Garibyan, Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo‘lim boshlig‘i I.Saruxanova boshchiligida tashkil etildi.
Axborot-resurs markazi direktori R.Garibyan Muhtaram Prezidentimizning “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan” to‘rtinchi tashabbusga muvofiq talabalar bilan qiziqarli suhbat o‘tkazdi. Taqdimotda iyul-sentabr oylarida Axborot-resurs markaziga keltirilgan 100 nomdagi adabiyotlar to‘plami ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Tadbir davomida adabiyotlarning elektron prezentatsiyasi anotatsiyasi bilan namoyish qilindi. “Axborot kunlari”da professor-o‘qituvchilar, murabbiylar, bo‘lim xodimlari faol ishtirok etishdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!