2021-yilning 4-mart sanasi go‘zallik, latofat, mehr-u muhabbat, ishda faollik egasi bo‘lmish Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Xotin-qizlari, xodimlari uchun esda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi. Institut rektori I.K.Sabirov rahbarligida tashkillashtirilgan “Sen aziz va muqaddassan, fidoyi ayol!” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha to‘kin dasturxon atrofida yanada fayzli va xursandchiliklarga boy davom etdi. Davraning ko‘rki bo‘lgan faxriy ustozlarimiz yuzida tabassum, dilida shukronalik barq urib,  shogirdlar qalbini quvonchga to‘ldirdi.

Ayol e’tibordan yasharadi, mehrdan yashnaydi. Bugungi bayram dasturi barchaning xotira daftarini chiroyli sahifalar bilan bezadi deya ayta olamiz.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!