YANGILIK VA TADBIRLAR

Ayyom muborak bo‘lsin!

photo_2022-02-21_17-08-31
Bugun, institutning “Kostyum dizayni” kafedrasi dotsenti, mehnatsevar, butun umrini ta’lim-tarbiyaga baxshida etib kelayotgan sadoqatli ustoz, haqiqiy jonkuyar murabbiy Yunusxodjayeva Xayrinisa Mallayevnaning tabarruk 60 yillik tavallud ayyomi!
Shu sababli institut rektori Ilxom Sabirov boshchiligida professor-о‘qituvchilar, xodim va talaba-yoshlar nomidan qizg‘in muborakbod etilib, sihat-salomatlik, uzoq umr, ma’naviy barkamollik, samarali faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo‘lsin deya, samimiy fikrlar bildirildi.
25 yillik ilmiy, nazariy va pedagoglik faoliyatida yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab boradilar. Assistentlikdan tortib kafedra mudiri, dotsent lavozimlarida mehnat qilib, 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy maqolalar, о‘quv qо‘llanmalar muallifi sifatida kafedraning nufuzini oshirishdagi shijoat va tashabbuskorligi barcha ziyolilar qatori o‘quv yurti jamoasini ham birdek quvontiradi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!