YANGILIK VA TADBIRLAR

Ayyomingiz muborak!

photo_2022-01-24_09-29-11
Inson hayotidagi eng unutilmas, yorqin lahza va o‘zgacha ta’surotlarga boy bo‘ladigan kunlardan biri tavallud kuni hisoblanadi. Eng ulug‘ narsa bu – yaqinlar va hamkasblar davrasida bir-birimizga hurmat, e’tibor, mehr-oqibat tuyg‘ularini izhor etishimizdir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi o‘rtasida birdamlik va ahillik tuyg‘ulari birlamchi hisoblanib, muborak sanada hech kim e’tibordan chetda qolmaydi.
Joriy yilning 22-yanvar kuni barchamiz uchun birdek qadrli bo‘lgan inson, oliygoh rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirovning tavallud ayyomi o‘quv dargohida chin ma’noda bayramga aylanib ketdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Institutning barcha xodimlari tomonidan samimiy tilak va ezgu istaklar yo‘llandi. Ushbu ta’lim maskanini yanada rivojlantirish hamda yuksaltirish yo‘lida bukilmas iroda, omad, kuch-g‘ayrat, shijoat va ulkan zafarlar yor bo‘lsin deya iliq fikrlar bildirildi.
Yana bir bor Ilxom Kaxramonovichga uzoq va mazmunli umr, mustahkam sog‘lik-salomatlik, ma’suliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Hamisha mana shunday yaqinlarning e’zoz va hurmatida yursinlar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!