YANGILIK VA TADBIRLAR

“Barhayot siymo” – Muhammad Yusuf

203

Chin iste’dod egalari, haqiqiy ijodkorlar o‘z asarlari bilan doimo tirik, nomlari mangu yashaydi. Shu munosabat bilan joriy yilning 26-27 april kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Muhammad Yusuf tavallud sanasi munosabati bilan “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi 30-19 guruh talabalari va kafedra professor – o‘qituvchilari, “Paxta sanoati texnologiyasi ” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 3b-19 guruh talabalari va kafedra professor – o‘qituvchilari hamda “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasida bilan birgalikda “Barhayot siymo” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida shoirning hayot yo‘li, nodir ijod namunalari hisoblangan she’rlari yana bir bora ustoz-murabbiylar va talaba-yoshlar tomonidan yodga olindi. Shu bilan bir qatorda qiziqarli ma’lumotlar va shoir qalamiga mansub she’rlardan parchalar tadbirning shukuhiga yanada ko‘rk baxsh etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!