YANGILIK VA TADBIRLAR

BIG IDEA CHALLENGE

4

Siz Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti talabasimisiz?

Yoshingiz 18 dan 35 gachami?

Shaxsiy biznesingizni boshlashni orzu qilasizmi?

Agar shunday bo’lsa, unda bu taklif siz qidirgan imkoniyat bo’lishi mumkin!

  BIG IDEA CHALLENGE – bu British Council tomonidan Oliy ta`lim muassasalari uchun mo’ljallangan Creative Spark dasturi doirasida tashkil etilgan tanlovidir. Kreativ iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu dastur sizga yangi innovatsion «startup» ni ishlab chiqishni taklif qiladi. Sizning g’oyangiz qanday bo’lishidan qatiiy nazar, biz uning jamiyatdagi muammolarni qanday yechishini va iste`molchilarni “hayratga solishi” mumkinligi haqida eshitishni xohlaymiz.

   Ajoyib sovrinlarni qo’lga kiritish uchun 60 soniyali (1 daq.) videorolikni yozib, anketani to’ldirib va aprelь yoki may oylarida o’z o’quv muassasangizga yuborishingiz kerak!

  Siz yakka o’zingiz yoki 3 kishigacha iborat jamoa bilan ishtirok etishing mumkin. Videorolik quyidagi uch kategoriyada taqdim etilishi mumkin:

•  raqamli texnologiyalar

•  ijtimoiy soha

•  ijodkorlik (kreativlik).

   G’oliblar o’z g’oyalarini amalga oshirish uchun biznes maslahatlar, shuningdek biznesni boshlash uchun 3000 funt sterlinggacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Milliy chempionlar jamoalari Londonda Start-up Sprint eksklyuziv dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

1 martgacha Creative Spark  saytidan registratsiyadan uting va ingliz trenninglarga taklifnomani kulga kiriting

https://www.youtube.com/watch?list=PLwxjiVzBjMbImoFbGCV08tdsoaUo_c1Dd&v=brPwnHhTljc&feature=youtu.be

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!