Yoshlarda juda ko‘p g‘oya, intilish bor. Ularga sharoit yaratib, yelkadosh bo‘lsak, ular juda katta kuch, qudrat, imkoniyat va kelajak egasi bo‘ladi”.

Shavkat Mirziyoyev

Bugungi kunda jamiyatimizda tezkor islohotlar olib borilmoqda. Rivojlanib borayotgan yurtimizda faol, tashabbuskor, zamonaviy hamda yuksak salohiyatli yoshlarning o‘rni beqiyosdir. Ana shunday bilimli yoshlarimizdan biri Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 3-bosqich bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Hilola To‘xtamurodovadir. U Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida tavallud topgan. Institutda miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etadi.

2018-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi “Esdalik buyumlari” yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yil yanvar oyidan respublika Qizlar ovozi klubining “Ijtimoiy himoya” yo‘nalishida faoliyat yuritadi.  Hilola O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi qoshida o‘tkazilgan tadbirlarda faol qatnashib bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Jumladan, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi “Eng yaxshi suvenir” tanlovining, “Eng yaxshi videodars” nominatsiyasida faol qatnashib, o‘z ijod namunalari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan. Shu bilan bir qatorda, 2020-yil o‘tkazilgan onlayn “International Girl’s summit”da, 2020-yil Bangladesh Respublikasi hamda “ICYF” tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan xalqaro onlayn “Resilient Youth Leadership summit”da, 2020-yil Chidamlik va barqaror rivojlanish dasturi, Ishlab chiqarish instituti hamda Cambridge universiteti tomonidan tashkil etilgan “Bootcamp on youth leadership for Humanitarianism” nomli xalqaro onlayn programmasida faol ishtiroki uchun, 2020-yil “ICYF Young Women Entrepreneurs as drivers of SDGS” (Turkiya Respublikasi, “ICYF” tashkiloti) nomli xalqaro onlayn treningida faol ishtiroki uchun sertifikat, diplom va qimmatbaho yutuqlar bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2020-yil O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan respublika onlayn “Qizlar ovozi” maktabi loyihasida tashkiliy ishlaridagi ko‘magi uchun, 2020-yil Yevropa ittifoki tomonidan o‘tkazilgan “Idea Fest” xalqaro yoshlar festivalida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 12 ming yevro grant yutib oldi. “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzod.

Hilolaning yuqoridagi kabi yutuqlarini ko‘plab keltirishimiz mumkin. TTYeSI rahbariyati Hilola To‘xtamurodovadek bilimga chanqoq, intiluvchan yoshlar bilan faxrlanadi.  Uning ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyat, omad va ulkan zafarlar tilaydi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!