YANGILIK VA TADBIRLAR

“Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati tadbir o‘tkazildi

4

       Joriy yilning 3 iyun sanasida poytaxtimizning Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida, О‘zbekiston Ekologik partiyasi va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti о‘rtasida о‘zaro tushunish va hamkorlik tо‘g‘risida MEMORANDUMga asosan  “Yoshlarning atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, barqaror rivojlanish, ta’lim haqidagi xabardorligini oshirish” bandi ijrosini ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Ekologik partiyasi va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida 5 iyun “Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan navbatdagi tadbir bо‘lib о‘tdi.

         Unda О‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qо‘mitasi, Toshkent shahar Ekologik partiya tashkiloti, Yakkasaroy tuman Ekologik partiya tashkiloti, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining professor – о‘qituvchi va talabalari hamda ushbu tadbirni yoritish maqsadida OAV xodimlari faol ishtirok etdilar.

     Tadbirni о‘tkazishdan asosiy maqsad – “Ta’lim tо‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimida ekologik ta’limni rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilash, ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga izchillik bilan bosqichma-bosqich tatbiq qilish va shu asosda ekologik ta’limning samaradorligini yangi bosqichga kо‘tarishdan iboratdir.

         Tadbirda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramanovich sо‘zga chiqib, atrof – muhitni muhofaza qilishning qator dolzarb masalalari, sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’siri, ekologik ta’lim rivojlanishida innovatsion texnologiyalarning roli, ekologik muammolar va ularning yechimlari hususida gapirib о‘tdi.

       Tadbirda sо‘z olgan О‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi huzuridagi Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti direktori Salim Bо‘riyev mamlakatimizda sо‘nggi yillarda atrof – muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali insonlar salomatligini asrash, sohada ekologik toza, resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni qо‘llash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida tо‘xtalib о‘tdi.

      Tadbir doirasida professor – о‘qituvchilar hamda talaba – yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir kо‘tarinki ruh va yuqori saviyada tashkil etildi.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!