YANGILIK VA TADBIRLAR

Chilonzor tumanining 1-sonli kasb-hunar maktabida TTYeSI xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi

photo_2021-11-19_16-17-03
2021-yilning 19-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 1-sonli kasb-hunar maktabida 6 soatlik seminar trening о‘tkazildi. Ma’ruzalarda: tо‘qimachilik sanoatining bugungi holati, siyosati, muammoli masalalari va takliflari о‘z aksini topdi. Shu bilan birga, kafedraning hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yо‘nalishlari, ta’lim klasterlari, dual ta’lim masalalari, kasb-hunar maktabi о‘quvchilarini institut laboratoriyalari bilan tanishtirish mavzulari bо‘yicha qizg‘in suhbatlar bо‘lib o‘tdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!