YANGILIK VA TADBIRLAR

CHINOZ TUMANIDAGI 34-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIGA TASHRIF

gj,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020-yil 30-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 86-sonli bayonida belgilangan vazifalar hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020-yil 9-dekabrdagi 87-03-5132-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari Chinoz tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabga tashrif buyurishdi.
Institut jamoasi maktab kutubxonasiga ona tili va adabiyot darslari o‘quv jarayonida foydalanish uchun 100 dona badiiy kitoblarni beg‘araz yordam sifatida sovg‘a qilishdi.


Maktab o‘quvchilariga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, institutdagi fakultetlar, kafedralar, ta’lim yo‘nalishlari, laboratoriyalar bo‘yicha ma’lumot berishdi va aynan, shu institutga o‘qishga kirishni maktab bitiruvchilariga targ‘ibot qilishdi. O‘quvchilarga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishi uchun taqdimot va videomateriallar ko‘rsatildi hamda institutga ekskursiya tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.


Shundan so‘ng, institutning fizika fani o‘qituvchisi I.Bozorboyev 9-sinf o‘quvchilariga “Maxsus nisbiylik nazariyasi” mavzusi, kimyo fani o‘qituvchisi A.Raximbayev 11-sinf o‘quvchilariga “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari” mavzusi haqida, tikuvchilik fani o‘qituvchisi S.Sharipova 10-sinf qizlariga “Ko‘ylak yoqasi va yengini tikish usullari” mavzusi bo‘yicha mahorat darslarini o‘tdi. Bunday mahorat darslari o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshishida yordam beradi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!