YANGILIK VA TADBIRLAR

“Do‘stlik spartakiadasi”

IMG_4841

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va marifat kengashining videoselektor tarzida o‘tkazilgan majlisining 3-son bayoni ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 4-mart (№87-06-302) sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutining fakultetlari o’rtasida doimiy ravishda sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda.

Shu maqsadda, 2021-yil 19-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida fakultetlararo “Do‘stlik spartakiadasi”ning 2-bosqich institut birinchiligi sportning mini-futbol turidan musoboqa o‘tkazildi.

Musobaqada institut tarkibidagi 4ta fakultetning 31 yoshdan oshgan professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Mazkur musobaqaning nizomi ishlab chiqildi va Xalqaro futbol assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga asosan o‘tkazildi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra quyidagi tartibda o‘rinlar aniqlandi.

1-o‘rin: Yengil sanoat texnologiyasi fakultetining “Charm buyumlarini konstruksiyalash va  texnologiyasi” kafedrasi jamoasi.

2-o‘rin: Paxta sanoat texnologiyasi fakultetining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi jamoasi

Sport musobaqasining institut bosqichi g‘olib va sovrindorlari institut rektori tomonidan quyidagicha taqdirlandi:

1-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 500.000. ming so‘m pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandi.

2-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 400.000 ming so‘m pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandi.

Musobaqa juda qizg‘in bayromona tarzda davom etdi. Ushbu sport tadbirlari O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining bir qator dasturlari orqali namoyish etildi. Institutda o’tkazilayotgan har bir sport musobaqalari Sport telekanali orqali muntazam ravishda yoritilib borilmoqda.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!