YANGILIK VA TADBIRLAR

“Do’stlik spartakiadasi”ning shaxmat sport turi musobaqasiga start berildi

34

2021-yil 26-aprel kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti kafedralarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar o‘rtasida “Do‘stlik spartakiadasi”ning shaxmat bo‘yicha musoboqasi start oldi.

🎗Musobaqada 5 ta kafedralarda faoliyat olib borayotgan 31 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi erkak va ayol professor-o‘qituvchilar qatnashdi. Musobaqa nizomi ishlab chiqildi va Xalqaro shaxmat Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan tizim bo‘yicha o‘tkazildi.

🎗Musobaqada “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi”, “Mashinashunoslik va servis xizmati”, “Texnologik mashinalar va jihozlar”,” Muhandislik va kompyuter grafikasi”, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedralarining 30dan ortiq ekrak va ayol professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, “TTDIT” kafedrasidan Usmanov Xayrulla Saydullayevich va “MSX” kafedrasidan Dryomova Nadejda Vasilyevnalar birinchilikni qo‘lga kiritib, 2-bosqichga yo‘llanma olishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!