YANGILIK VA TADBIRLAR

Dotsent ilmiy unvoni muborak bo‘lsin!

1

Oliy ta’lim muassasasida ilmiy-pedagogik va ilmiy faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilim hamda о‘z sohasida yutuqlarga erishgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga asosan dotsent ilmiy unvoni beriladi. Oliy attestatsiya komissiyasining  2021-yil 31-martdagi qaroriga asosan joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bir qator fidoyilari dotsent ilmiy unvoni bilan institut rektori texnika fanlari doktori, professor Sabirov Ilxom Kaxramonovich tomonidan taqdirlanishdi. Marosimda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor, texnika fanlari doktori, professor Gulamov Azamat Eshankulovich, institut Kengashi kotibi texnika fanlari doktori Axmedov Jaxongir Adxamovich ishtirok etishdi.

Dotsent unvonini institutimizning quyidagi professor-о‘qituvchilari: “Mashinashunoslik va servis xizmati” kafedrasi mudiri Mavlyanov Aybek Palvanbayevich – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bо‘yicha,

“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri Abdugaffarov Xusniddin Jurabekovich – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bо‘yicha,

“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi о‘qituvchisi Murodov Orif Jumayevich – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi bо‘yicha,

“Kostyum dizayni” kafedrasi о‘qituvchisi Shomansurova Muxtabar Shomaxsimovna – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi bо‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bо‘lishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!