YANGILIK VA TADBIRLAR

“Dо‘stlik spartakiadasi” ning stol tennisi bо‘yicha institut birinchiligi bо‘lib о‘tdi

1

    Joriy yilning 21-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-о‘qituvchilari tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” maqsadida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida institutda faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilar о‘rtasida “Dо‘stlik spartakiadasi”ning stol tennisi bо‘yicha institut birinchiligi bо‘lib о‘tdi.

          Musobaqa yakuniy taqdirlash jarayonida institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, oliygohning 4 ta fakulteti a’zolari va 1-bosqichida g‘olib bо‘lgan erkak va ayol professor-о‘qituvchilar qatnashdi. Fakultetlarning kafedra jamoalaridan “MT”fakulteti “TJICHAB” kafedrasidan Murodov Jо‘rabek va Niyazova Nasiba, “YESTD” fakulteti Fizika va elektrotexnika kafedrasidan Tо‘rayev Farxod, “CHBKT” kafedrasidan Ilxomova Maloxat, PST fakulteti “MXSK” kafedrasidan Ibragimov Farxod, “MKG” kafedrasidan Abduraximova Fazilat “TST” fakulteti “Kimyo” kafedrasidan Karimov Sardor va Zubaydullayeva Malika ishtirok etishdi.

Natijalar quyidagicha aniqlandi.

Stol tennisi: (erkaklar)

1-о‘rin: “Kimyo” kafedrasi dotsenti Karimov Sardor

2-о‘rin: “MXSK” kafedrasi dotsenti Ibragimov Farxod

3-о‘rin: “TJICHAB”  kafedrasi assistenti Murodov Jо‘rabek

Stol tennisi: (ayollar)

1-о‘rin: “CHBKT” kafedrasi dotsenti Ilxomova Maloxat

2-о‘rin:  “TJICHAB”  kafedrasi assistenti Niyazova Nasiba

3-о‘rin: “MKG” kafedrasi dotsenti Abduraximova Fazilat

     G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan 1-о‘rin uchun diplom va 500.000 ming sо‘mlik vaucher, 2-о‘rin uchun diplom va 400.000 ming sо‘mlik vaucher, 3-о‘rin uchun diplom va 300.000 ming sо‘mlik vaucher bilan taqdirlandilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!