YANGILIK VA TADBIRLAR

EL YURT UMIDI JAMG’ARMASI, XORIJDA O’QISH ESHIGI KALITIDIR

IMG_20231028_093803_362

Chet elda o‘qish va ish tajribasiga ega bo‘lish – ko‘plab yoshlarning orzusi. Ammo buning uchun yaxshi bilim egallash va til bilishning o‘zi kifoya emas. Xorijda o‘qishni rejalashtirishda bir necha jihatlarga eʼtibor qaratish zarur.

Stipendiyaga ega bo‘lish, uni qo‘lga kiritish uchun qanday shartlarni bajarish va shunga o‘xshash xorijda o‘qish uchun talab etiladigan maʼlumotlar yuzasida 28 oktyabr kuni TTYeSIning uchinchi o‘quv binosida seminar bo‘lib o‘tdi.

“El yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan ushbu seminarda Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistr va doktorantlar ishtirok etishdi.

Seminarda jamg‘arma tomonidan xorijiy davlatlarning nufuzli taʼlim muassasalarida o‘qiyotgan stipendiatlari to‘g‘risida, stipendiat bo‘lish uchun talab qilinadigan hujjatlar va boshqa maʼlumotlar berib o‘tildi. Xorijiy davlatlarda taʼlim olayotgan talaba va ilmiy izlanuvchilar so‘zga chiqib ularga jamg‘arma tomonidan yaratilgan imkoniyatlar xususida gapirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!