YANGILIK VA TADBIRLAR

“Eng shinam orasta talabalar turar joyi” tadbiri g‘oliblari aniqlandi

6

       2021-yilning 18-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida “30-iyun – Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng shinam orasta talabalar turar joyi” ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda institut prorektori, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, mahalla faollari va nuroniylar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi homiyligida Yakkasaroy tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi, Yoshlar ishlari Agentligi Yakkasaroy tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan Nizom asosida baholanib, g‘oliblar aniqlandi.

       Baholash mezonlari asosida “Eng shinam orasta talabalar turar joyi” ko‘rik-tanlovining g‘olibi, ya’ni 1-o‘ringa Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining 8-son talabalar turar joyi loyiq deb topildi. 2-o‘ringa Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-son talabalar turar joyi sazovor bo‘ldi. 3-o‘rinni esa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-son talabalar turar joyi egalladi.

       Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi – talabalar turar joylarini o‘rganish, ularda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, talabalarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirishda o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish va ulani qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

     O‘ylaymizki, bunday tadbirlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bilan birga, o‘zlari yashayotgan uylarini yanada orasta va pokiza bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!