YANGILIK VA TADBIRLAR

FAN OLIMPIADALARI DAVOM ETMOQDA

22

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi“ Charm buyumlari texnologiyasi” fanidan respublika birinchi bosqich olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

“Charm buyumlari texnologiyasi” fanidan olimpiadaning 1-bosqichini о‘tkazish uchun “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida tahsil olayotgan talabalardan eng iqtidorlilari qatnashishdi. Olimpiada Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-martdagi 159-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika onlayn fan olimpiyadasini 2021-yilda tashkil etish va о‘tkazish tо‘g‘risidagi Nizom”ga binoan о‘tkazildi.

Ma’lumot o‘rnida: “Charm buyumlari texnologiyasi” fanidan asosiy masalalar test savollarga kiritilgan. Tashkiliy qо‘mita olimpiada о‘tkazish tartibini belgilaydi va tushgan savollar hamda variantlar asosida biletlarni tuzib chiqadi. Biletlarning mahfiyligi ta’minlangan holda maxsus seyfda saqlanadi va olimpiada kuni hakamlar hay’atiga topshiriladi.
Belgilangan muddatda hakamlar hay’ati biletlarni ishtirokchilarga tarqatadi va javoblarni kо‘rib chiqadi. Belgilangan mezonga asosan g‘oliblarni aniqlaydi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!