Fizika va elektrotexnika​

“FIZIKA VA ELEKTROTEXNIKA” KAFEDRASI

Kafedra mudiri: Ulukmuradov A.N

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00
Telefon: (99) 838-85-81
Manzil: Toshkent shahri,
Shohjahon ko‘chasi,  5 uy, 1-bino
E-mail: fizika@mail.ttyesi.uz

“FIZIKA VA ELEKTROTEXNIKA” KAFEDRASINING TARIXI

“Fizika” kafedrasi 1933 yil tashkil qilingan va f.-m.f.d professor I.I.Yakovlev kafedrani boshqargan. 1936 yili kafedra o‘qituvchisi M.SH.Tojiyev akademik I.F.Ioffening “Fizika kursi” darsligini o‘zbektiliga tarjima qildi. Bu oliy o‘quv yurtlari uchun fizikadan o‘zbek tilida birinchi darslik nashr etildi.

          1936 yilda “Fizika” kafedrasiga qisqa muddatga N.S.Nazarov, so‘ngra yil oxiridan boshlab A.N.Dobretsev, 1939-1941 yillar davomida dotsent (keyinchalik akademik, O‘zbekiston FA prezidenti) S.V.Starodubsev rahbarlik qildi. Shundan so‘ng kafedraga U.O.Oripov (keyinchalik akademik, O‘zbekiston FA prezidenti), professor I.D.Faynerman, F.X.Axmedov, YE.N.Aksenova, B.I.Rusak va boshqalar raxbarlik qildilar.

          1949 yildan kafedraga dotsent V.V.Yakovlev, 1952-1960 yillari dotsent M.SH.Tojiyev, 1964-1976 yillarda dotsent M.X.Xolmatov (keyinchalik texnika fanlari doktori, professor, Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi) mudirlik qilgan. 1977-1978 yillarda dotsent S.S.Sobirov (keyinchalik professor), 1978-1988 yillarda dotsent F.N.Muxtasimov, 1988-1995 yillarda dotsent X.Isayev, 1996-2004 yillarda dotsent X.U.Dadaxodjayev, 2004–2010 yillarda dotsent X.Isayev, 2011-2012 o‘quv yilida «Kimyo» va «Fizika» kafedralari “Tabiiy fanlar” kafedrasi qilib birlashtirildi va kafedraga dotsent SH.I.Karimov mudirlik qildi. 2013-2016 yillarda kafedraning nomi “Fizika va elektrotexnika” nomi bilan o‘zgartirilib kafedrani f.m.f.n. B.E.Turayev boshqardi. 2016 yilda dotsent M.A.Fattaxov, 2017-2019 yillarda kafedrani A.N.Ulukmuradov boshqargan. Ushbu yillarda kafedra Germaniyaning zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi. 2019-2020 yillarda f.-m. f.n M.A.Alimov, 2020-2021 o‘quv yilida A.Sh.Adilova kafedra mudiri v.b va 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab kafedrani f.-m.(PhD) A.N.Ulukmuradov boshqarib kelmoqda.

            

 
 

           

1. Fizika

2. Elektrotexnika va elektronika

3. Elektrotexnika

4.Gidravlika va issiqlik texnikasi

5.Nanomateriallar fizik mexanikasi

6.Nanoelektronika elementlari va qurilmalari

1. Ulukmuradov Abror Nafasovich- Kafedra mudiri – (PhD), dotsent
2. Isayev Xamid- f.-m.f.n dotsent
3. Fattaxov Mirzaxmat Azizovich- t.f.n dotsent
4. Islamov Baxtiyor Xaydarovich- f.-m.f.n, dotsent
5. Mamayeva Dildora Axmadjonovna – katta o‘qituvchi
6. Adilova Aziza Shuhratovna- katta o‘qituvchi
7. O‘razaliyev Roziqjon Turonovich- assistent
8. Ro‘ziyev Oybek Sadulloyevich- assistent
9. Matnazarov Yusufjon Odilbek o‘g‘li-assistent
10. Abdullayev Oybek Safarovich- assistent
11. Yadgarov Ishmumin Djabbarovich- f.-m. f.d, professor
12. Bozorboyev Ilyos Israilovich- doktorant, assistent
13. Doliyev Asliddin To‘lqin o‘g‘li- doktorant, assistent
14. Xolmatov Asqar Arolovich- doktorant, katta o‘qituvchi
15. Mamadaliyeva Muazzamxon Abdumannon qizi- assistent
16. Choriyeva Mohinur Berdiyorovna- laborant, assistent
17. Seytova Muxabbat Janabayevna – laborant, assistant
18. Boltayeva Ozoda Amanovna – laboratoriya mudiri

Zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida kafedrada Germaniyadan keltirilgan laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan zamonaviy laboratoriyasi mavjud. Kafedrada o‘qish davomida talabalar olgan nazariy bilimlarni laboratoriya tajribalari orqali mustahkamlab, ulardan ishlab chiqarish sohasida samarali foydalanishni o‘rganadi.

Kafedrada o’quv jarayonini olib borish uchun, 1ta ma’ruza, 4ta amaliy mashg‘ulot, 5ta laboratoriya mashg‘ulotlari uchun auditoriyalar mavjud. 2ta interaktiv doska, 6ta proyektor, 15ta kompyuter va 3ta printer professor-o‘qituvchilar uchun xizmat ko‘rsatadi.
     “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi M.Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet (prof. M.Kurbanov, prof. K.Tursunmetov), Toshkent Davlat Texnika Universiteti (prof. K.Bahodirxanov), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Fizika” kafedralari, Farg’ona politexnika institutining “Elektrotexnika, elektromexanika va elektro-texnologiya” kafedrasi (L.Mamadalieva), Termez Davlat Pedagogika Universiteti fizika fakulteti (akademik N.Yu.To’rayev) Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti “Temir yо‘llar elektr taminoti” kafedrasi (prof.Amirov S.F., dotsent M.Bozorov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Fizika va kimyo” kafedrasi (dotsent B.X.Islomov) lar bilan hamkorlik ishlari olib boriladi. Bundan tashqari IIChB “Quyosh-fizikasi”, yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari laboratoriyasi, (f.m.f.d. M.Tursunov), hamda AO “O’z paxta sanoat” ga tegishli Toshkent viloyatidagi bir qancha paxta tozalash zavodlari bilan ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi M.Ulug’bek nomidagi Milliy Universitet (prof. M.Kurbanov, prof. K.Tursunmetov), Toshkent Davlat Texnika Universiteti (prof. K.Bahodirxanov), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti “Fizika” kafedralari, Farg’ona politexnika institutining “Elektrotexnika, elektromexanika va elektro-texnologiya” kafedrasi (L.Mamadalieva), Termez Davlat Pedagogika Universiteti fizika fakulteti (akademik N.Yu.To’rayev) Toshkent temir yо‘l muhandislari instituti “Temir yо‘llar elektr taminoti” kafedrasi (prof.Amirov S.F., dotsent M.Bozorov), Toshkent irrigatsiya va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti “Fizika va kimyo” kafedrasi (dotsent B.X.Islomov) lar bilan hamkorlik ishlari olib boriladi. Bundan tashqari IIChB “Quyosh-fizikasi”, yarim o’tkazgichli quyosh batareyalari laboratoriyasi, (f.m.f.d. M.Tursunov), hamda AO “O’z paxta sanoat” ga tegishli Toshkent viloyatidagi bir qancha paxta tozalash zavodlari bilan ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909 –son qaroriga muvofiq hamda “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Rossiya Federatsiyasi Ufa davlat neft texnologiyalari universitetining professori N.Raximov institutning “Fizika va elektrotexnika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari va institut talabalariga “Optoelektronnыe datchiki dlya avtomatizatsii texnologicheskix protsessov v tekstilnoy promыshlennosti” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Germaniya Federativ Respublikasining Berlin shahrida joylashgan “Humboldt” Universiteti doktaranti A.D.Xo‘jaqulov, professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlarga ”Lazerning modda atomlari bilan ta’sirlashuvi va uning natijasida intensivligi yuqori bo‘lgan lazerlarni olish texnologiyasi” mavzusida ma’ruza qildi.
     Kafedraga Belgiya qirolligining “Antwerpen” ilmiy tekshirish instituti professori Xalilov Umedjon Boymamatovich taklif qilindi.Institut va kafedraning yosh ilmiy izlanuvchilariga “Nanostrukturalar sentizini modellashtirish” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazdi. Mustaqil respublikamizda iqtisodiyotning tubdan isloh qilinayotganligi professor-o‘qituvchilardan dolzarb bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borishga undamoqda. Kafedrada soha ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi bilan bog’liq muammolarni yechish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan hozirgacha 6 ta patent olingan. 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar respublikamiz hamda chet el jurnallarida chop etilgan. To’qimachilik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, sohaga jahonning ilg‘or texnologiyalarini jalb etishda xalqaro innovatsion-hamkorlik aloqalarini rivojlantirish muhim sanaladi. Kafedraning O’zbekiston Respublikasi fanlar akamadiyasi U.A.Aripov nomidagi Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti, Toshkent davlat texnika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan bevosita aloqalar o’rnatilgan, doimiy ilmiy-amaliy, uslubiy konferensiya va seminarlarda ishtiroki yo’lga qoyilgan.
  • O’zbekiston milliy universiteti
  • TIQXMMI instituti milliy tadqiqot universiteti
  • Amaliy fanlar universiteti
  • Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti
  • Qozog’iston-Britaniya texnika universiteti
  • RF. Fanlar akademiyasining (IPSM RAS) Metallarning superplastikligi muammolari instituti
  • 8. Riga Texnika universiteti
  • Joriy yilning 25-iyun kuni Riga Texnika universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Natalya Murakova bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
    9. Kafedra bilan, hamkorligi mavjud bo’lgan (Chinoz va Pskent tumanlaridagi 40-42-sonli) maktablarda, kafedra professor-o’qituvchilari mahorat darslarini olib bormoqdalar.
  • “Ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi”da kafedraning professor-o’qituvchilari o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan qatnashib kelmoqda.
“Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash  va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarori ijrosi doirasida Germaniyaning LEYBOD firmasiga tegishli laboratoriya uskunalari “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi bo‘yicha xorijdan keltirilgan laboratoriya uskunalari keltirildi. Bulardan “Fizika” fani uchun 34 komplekt, “Elektrotexnika va elektronika” fani uchun 8 komplekt va “Gidravlika” fani uchun 9 komplekt jami 51 komplekt labaratoriya uskunalari bilan ta’minlandi. Bularning umumiy qiymati 430061 EVRO ni tashkil qiladi.

Kafedrada soha ishlab chiqarish korxonalari boshqaruvi bilan bog’liq muammolarni yechish boyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada kafedraning ilmiy izlanuvchilari tomonidan “Tabiiy ipak chiqindilari asosida yangi polimer kukunli kompozitsion materiallari olish”, “Nanomateriallar strukturasini kompyuterda modellashtirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Professor–o’qtuvchilar tomonidan hozirgacha 6 ta patent olingan, 3ta darsilk, 4ta o’quv qo’llanma, 3ta monografiya, 70dan ortiq o’quv-uslubiy ishlar, 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar Respublika hamda xorijiy jurnallarida chop etilgan.

 
Ushbu dasturda kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ilm fanga jalb qilish maqsadida tashkil qilingan to‘garakning nizomi, ish rejalari, hamda unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar jamlangan. Dastur to‘garak a’zolari uchun mo‘ljallangan. Bunga ko’ra dasturda belgilangan vazifalarni birma bir bajarib boradi. Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ilm fanga jalb qilish maqsadida tashkil qilingan “Yosh fiziklar tugarigi” ning nizomi, ish rejasi hamda unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar jamlangan. Dastur tugarak a’zolari uchun mo‘ljallangan. Bunga ko‘ra dasturda belgilangan vazifalar birma bir bajarib boriladi.

Yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusining ijrosini taʼminlash maqsadida kafedra professor-o`qituvchilari hamda talabalar darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etishadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!