YANGILIK VA TADBIRLAR

“Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya”si haqida ma’lumot

1
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800 sonli qarorini amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 3-martdagi 114-son buyrug‘iga asosan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti tarkibida “Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya”si tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 3-apreldagi 166-son buyrug‘iga asosan institutning tashkiliy tuzilmasiga tegishli о‘zgarishlar kiritildi. Ilmiy laboratoriyani mebel va orgtexnika bilan jihozlash, shuningdek, xonalarini ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini olib borish uchun institutning rivojlantirish jamg‘armasidan 298’247’600 sо‘m mablag‘ ajratildi. Hozirda laboratoriyaning barcha xonalari ta’mirlanib, kerakli mebel va orgtexnikalar bilan jihozlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-avgustdagi 575-son qaroriga asosan ushbu ilmiy laboratoriya “Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ning 325’000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan 2019-2020 yillarda Xitoy Respublikasida ishlab chiqarilgan 32 nomdagi tikuv mashinalari, presslar va sinov qurilmalari OOO «GAS SMART GROUP» firmasi tomonidan olib kelib о‘rnatildi.
2020-yilda institut mablag‘lari hisobidan 69’000‘000 sо‘mga 2 ta kompressor va 1 ta parogeneratorlar keltirilib, 2021-yilda institut mablag‘lari hisobidan 73’634’500 sо‘mlik mebel jihozlari olib kelib о‘rnatildi. Presslash va tikuv mashinalarini tо‘liq ishga tushirish uchun, institut mablag‘lari hisobidan sotib olingan parogenerator va kompressorlarni montaj qilish uchun 2021-yil 20-aprelda «Max Press Industry» MCHJ firmasi bilan 120’000’000 sо‘mga shartnoma tuzilib, montaj ishlari amalga oshirildi. Montaj ishlari 100 % ga bajarilgan, ayrim ehtiyot qismlari Turkiya Respublikasidan olib kelindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!