YANGILIK VA TADBIRLAR

“Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya”sining ochilish marosimi o‘tkazildi

1
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida tashkil etilgan “Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya”sining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut rektori – Ilxom Sabirov, Ilm-fanni moliyalashtirish  va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direktori – Bunyodjon Oxunov, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Tajriba ekspremental konstruktorlik markazi boshlig‘i, podpolkovnik – Mirfayz Murodov hamda institut jamoasi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-avgustdagi 575-son qaroriga asosan ushbu ilmiy laboratoriya “Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qо‘llab-quvvatlash jamg‘armasi”ning 325’000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan 2019-2020 yillarda Xitoy Respublikasida ishlab chiqarilgan 32 nomdagi tikuv mashinalari, presslar va sinov qurilmalari OOO «GAS SMART GROUP» firmasi tomonidan olib kelib о‘rnatildi.
Ushbu laboratoriyada keltirilgan matolarning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganish orqali gazlamalarning model eskezlari tayyorlanib hamda umumiy holatga keltirilish natijasida harbiy kiyim namunasini ishlab ishlab chiqarishga tavsiya etiladi.
Laboratoriyaning kelajakdagi maqsadi vazirlik, idoralar shuningdek, qurolli kuchlar tizimidagi barcha harbiy xizmatchilarga maxsus, sifatli kiyim-kechak mahsulotlari namunalarini standartlashtirish, ishlab chiqarish va zamon talablariga javob beradigan yangi andozalarni amaliyotga tadbiq etishdir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!