YANGILIK VA TADBIRLAR

Hashar – elga yarashar

1

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, hashar deb atalgan tadbir ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Davlatimiz Mustaqilligining 30 yillik shodiyonasi hamda oliygohda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik munosabati bilan Ishlar boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Boboxo‘jayev boshchiligida hashar tashkil etildi.

Mazkur tadbir bahona mehnat jamoasi tomonidan erta tongdan boshlab institut hududida obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va daraxtlarni oqlash ishlari bajarildi.

Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxtlarga shakl berish ishlari sifatli tashkil etildi. Albatta, bu kabi tadbirlar barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish barobarida, insonlar qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakllantirishi bilan ahamiyatlidir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!