Joriy yilning 8-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Talabalar tomonidan Navoiyning g‘azal, ruboiylaridan namunalar ijro etilib, hazrat Navoiy she’riyati asosida yaratilgan qo‘shiqlar aytildi, mumtoz musiqalar yangradi. Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Bu kabi tadbirlar yurtimizning barcha go‘shalarida o‘tkazilmoqda.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!