YANGILIK VA TADBIRLAR

Hindiston Hukumati Tashqi Ishlar Vaziri & Madaniyat Vaziri – Meenakashi Lekhi xonimdan maktub.

photo_2021-10-30_11-59-01
Hindistonning Toshkentdagi elchixonasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda 2021-yil 29-oktabr kuni “Sari: matoda to‘qilgan she’riyat” nomli maxsus taqdimotni tashkil etayotganidan xursandman. Shu munosabat bilan, hind sarilari va ayollar liboslari bilan bir qatorda to‘quv dastgohlari namoyish etiladi.
Hindistonda qadim zamonlardan beri sarilar haykallarda, rasmlarda, yozma asarlarda va og‘zaki ijodda namoyon bo‘lgan. Sari matosi oddiy paxta va ipakdan sun’iy tolalargacha tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Matodagi to‘quv va bezaklar Hindistonning turli mintaqalari va shtatlaridan kelib chiqqan an’anaviy san’atni ifodalovchi ajoyib xilma-xillikda taqdim etilgan. Shunday qilib har bir qo‘lda ishlangan sari noyob san’at asari bo‘lib, Hindistonning bir necha asrlarni qamrab olgan rang-barang madaniy tarixi haqida hikoya qiladi.
Hindiston mustaqilligining 75-yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram – “Azadi Ka Amrit Mahotsav” doirasida maxsus hind sari tadbiri tashkil etilayotganidan xursandman.
Hindiston elchixonasi va Toshkentdagi hind jamoatchiligining bir guruh g‘ayratli xonimlarini, odatda hind ayolining g‘ururli xislati hisoblangan sarini namoyish etish tashabbusi bilan chiqqanlarini maqtovga sazovor deb hisoblayman. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga va birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan ushbu tadbirning taqdimotini o‘tkazishga imkon bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman.
Ushbu tadbirga muvaffaqiyatlar tilayman hamda Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashiga umid qilaman.
Dehli,
22-oktabr, 2021-yil.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!