YANGILIK VA TADBIRLAR

Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining tashrifi

11
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Hindiston respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi janob Manish Prabxat va Javahirlar Neru nomidagi Hindiston madaniyat markazining O‘zbekistondagi direktori janob Chander Shekxar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga rasmiy tashrif buyurishdi. Tashrif davomida institut rektori Ilxom Sabirov mehmonlar bilan birgalikda fikr-mulohazalar almashib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad oliygohning Tillar kafedrasida “Indian room” tashkil etilib, talabalar ingliz tili hamda mutaxassislik fanlarini chet tilida yanada mukammal o‘rganishlari uchun 10 ta kompyuter, hd formatdagi electronic board texnikasi hamda 200 ga yaqin to‘qimachilik sohasiga oid ingliz tilidagi adabiyotlar bazasi shakllantiriladi.
Shuningdek, Hindiston Respublikasining madaniyatiga oid adabiyotlar, lug‘atlar hamda kelgusida yirik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, institut professor-o‘qituvchilarining tajriba almashinuvini ta’minlash, ingliz tilidan tashqari hind tilini ham talabalarga o‘rgatish va qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish ikki tomon o‘rtasidagi maqsad hisoblanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!