YANGILIK VA TADBIRLAR

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida rо‘yxatdan о‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

photo_2021-08-03_10-42-43
Joriy yilning 3-avgust sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar alohida iqtidor talab etuvchi Dizayn (kostyum dizayni) ta’lim yo‘nalishi bо‘yicha boshlandi. Ijodiy imtihonlar institut bosh binosida o‘tkazilayotgan bo‘lib, 168 nafar abituriyentdan 152 nafari ishtirok etishmoqda.
Imtihonlar о‘tkazilishidan oldin abituriyentlar rо‘yxatdan о‘tish vaqtida kо‘rsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon о‘tkazish sanasi, joyi va vaqti ma’lum qilingan.
Xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida har bir imtihon о‘tkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini https://imtihon.edu.uz/Toshkent/21 havolasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni esa institutning rasmiy web.ttyesi.uz saytidan bilib olishlari mumkin.
Jarayonlar karantin qoidalariga qatʻiy rioya qilingan holda tashkil etilib, kasbiy (ijodiy) imtihon topshirayotgan abituriyentlar tibbiyot niqobi va qо‘lqopi, ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.
Institutda kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-avgustga qadar davom etadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!