YANGILIK VA TADBIRLAR

Ijodiy imtihon natijalari bо‘yicha apellyatsiya

photo_2021-08-07_15-43-05
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga 2021/2022 о‘quv yili 5150907 – Dizayn (kostyum dizayni) ta’lim yо‘nalishiga kirish uchun о‘tkazilgan ijodiy imtihon natijalariga kо‘ra apellyatsiya komissiyasiga 18 ta ariza kelib tushdi.
Apellyatsiya komissiyasi 2021-yil 6-avgust soat 11-00da о‘z ishini boshladi.
Apellyatsiya komissiyasiga ijodiy imtihon natijalari bо‘yicha e’tiroz bildirilib, ariza yozgan 15 nafar abituriyent ishtirokida va 2 nafar abituriyent bilan TELEGRAM dasturi orqali ijodiy ishlarini namoyish qilib muloqot о‘tkazildi. Komissiya tomonidan abituriyent ijodiy imtihonda bajargan ishlarini keng va atroflicha tahlil qilib, abituriyentlarga tushuntirish berildi. 1 nafar talabgor kelmadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!