YANGILIK VA TADBIRLAR

Ongu tafakkurimizda kechayotgan о‘zgarishlar yurtimiz qiyofasida in’ikosini topmoqda

1111

Barcha ta’lim muassasalarida bо‘lgani kabi Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham “Mustaqillik darslari” о‘tildi. Talabalarga “Yangi О‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusidagi “Mustaqillik darslari”da professor-о‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid taqdimotlar о‘tkazilib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining video materiallari asosida tushunchalar berildi.

 О‘zbek xalqining boy tarixi va merosi, mustaqilik uchun kurash, ozod va obod Vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qо‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda, о‘tgan 30 yillik tariximiz davomida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, ayniqsa, keyingi besh yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xalqning farovon hayotini ta’minlash, olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlari tо‘g‘risida atroflicha fikr yuritildi.  
 Darhaqiqat, mamlakatimizda demokratik milliy parlamentning shakllanishi va rivojlanishi uchun tom ma’noda siyosiy-huquqiy asos yaratdi. О‘zbekiston dunyodagi eng nufuzli xalqaro parlament tashkilotlari bо‘lgan Parlamentlararo Ittifoqda, YEXHT Parlament Assambleyasida, MDH Parlamentlararo Assambleyasida о‘zining a’zoligini tikladi. Bu esa keng doiradagi masalalar bо‘yicha samarali hamkorlik borasida qо‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochdi.  
 О‘zbekistonda mintaqa mamlakatlari bilan dо‘stlik va yaxshi qо‘shnichilik tamoyillariga tayangan holda faol va pragmatik siyosat olib borilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki va kо‘p tomonlama hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tarixan qisqa muddat ichida Markaziy Osiyoda prinsipial jihatdan mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi.  
 Shuningdek, darslarda Yangi О‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bо‘lgan, mamlakatimizda mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning о‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga tо‘la javob beradigan obyektiv zarurat ekanligi urg‘ulandi.  
 О‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi tо‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Mazkur hujjatda tashqi siyosatimizning ustuvor yо‘nalishi bо‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan kо‘p asrlik dо‘stlik va yaxshi qо‘shnichilik, strategik sheriklik va о‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. О‘zbekistonning asosiy xorijiy sheriklari hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qо‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan kо‘p qirrali va о‘zaro manfaatli aloqalari yanada kengaymoqda.  
 30 yil mobaynida dunyo xaritasidan О‘zbekiston Respublikasi degan yangi mustaqil davlat munosib о‘rin egallab, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo qilishga erishildi. Buning uchun siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan tub islohotlar amalga oshirildi. Mamlakat va xalq oldiga rivojlangan davlatlar safidan munosib о‘rin olish vazifasi qо‘yildi. Ana shu tarixan qisqa bir davrda juda katta va murakkab, shu bilan birga sharafli yо‘l bosib о‘tildi.  
 Mustaqillik Vatanimiz tarixida mutlaqo yangi sahifa ochdi. Yangi О‘zbekistonni rivojlantirishning ustuvor vazifalari sifatida Prezidentimiz tomonidan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.  
 Shuningdek, “Mustaqillik darslari”da mamlakatimizda gender tenglikning ta’minlanishi tо‘g‘risida ham sо‘z yuritilib, xotin-qizlarning о‘z imkoniyatlarini tо‘laqonli rо‘yobga chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgani qayd etildi.
Ta’kidlangindek, gender tenglikni ta’minlashga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka uyg‘unlashtirish orqali mustahkam huquqiy asoslar yaratilmoqda. Xotin-qizlarning erkaklar bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega bо‘lishi, onalik va bolalik bilan bog‘liq davlat siyosati yuritilayotgani, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi mavqeini kuchaytirish, siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish bilan bog‘liq olib borilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.  
 Institutimizda ham talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, itimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida “Oliygohim yulduzi”, “Sport – sog‘lom hayot garovi”, “Zukko kitobxon” singari turli tadbirlar о‘tkazib kelinmoqda.  
 Xulosa sifatida aytish joizki, bugun mamlakatimizda barcha sohadagi islohotlar chuqurlashib, demokratik yangilanishlar о‘zining sifat jihatidan yangi pog‘onasiga kо‘tarilib bormoqda. Eng muhimi, fuqarolarimiz ong-tafakkurida kechayotgan о‘zgarishlar yurtimizning qiyofasida in’ikosini topmoqda. Bunday о‘zgarishlarning tub ildizi va mohiyatini yoshlarga nafaqat “Mustaqillik darslari”da, balki о‘quv yili davomida “Axborot soatlari” va о‘tkaziladigan ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarda muntazam ravishda tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Ilxom Sabirov,  Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori.  

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!