YANGILIK VA TADBIRLAR

“Qorakо‘l kumush kalava” MCHJ korxonasiga tashrif

photo_2021-07-05_14-36-21

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirovning 2021-yil 1-iyuldagi №1038-01/8-sonli xatiga asosan, korxonalarda ilmga chanqoq yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ta’lim – dual ta’lim tizimida о‘qitishni yо‘lga qо‘yish uchun To‘qimachilik sanoat texnologiyasi fakulteti dekani Toxir Murodov Buxoro viloyati Qorakо‘l tumanida joylashgan “Qorakо‘l kumush kalava” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxona tarkibida ip yigiruv fabrikasi hamda paxtani dastlabki ishlash korxonari ham faoliyat kо‘rsatmoqda. Korxonada jami 120 kishi faoliyat olib boradi.

“Qorakо‘l kumush kalava” MCHJ korxonasi rahbari A.Mansurov Institut rahbariyatiga о‘z minnatdorchiligini bildirdi. Ushbu o’quv yilida kamida 20 ta yosh ishchilarning hujjatlarini institutga topshirish ishlari rejalashtirildi. Korxona hamda Institut o‘rtasidagi hamkorlik ishlari ham kelishilib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!