YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI talabalar turar joyida – hashar!

photo_2021-08-16_10-53-11

Ma’lumki hasharda xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi. Xalqimiz azal-azaldan birlashib, qo‘lini qo‘liga berib katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirganlar. Ota bobolarimiz uy-joy qurish ishlarini ham hashar yo‘li bilan bajarishib, bir birlariga ko‘mak berganlar. Uyushqoqlik, pokizalik va mehr-oqibat ramzi bo‘lgan hashar xalqimizning ming yillardan buyon qadrlanib kelinayotgan azaliy udumlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq xayriya xasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi an’anaga aylangan.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyi binosida hashar tashkil etildi. Hasharda institut rahbariyati, xodimlar va mehnat jamoasi faol ishtirok etishdi. Ichki va tashqi hududlarida obodonlashtirish ishlari bilan birgalikda oliygohning talabalar turar joyi auditoriyalari, maxsus xonalari, axborot-resurs markazi tozalanib tartibga keltirildi. Shuningdek, institutning atrofi va hovlisidagi yashil maydon hududlarida bo‘y cho‘zib turgan daraxtlar oqlandi va qurigan shoxlari kesildi hamda hovlidagi mavjud yo‘laklarning eskirgan qoplamalari ta’mirlandi. Yangi o‘quv yili uchun turargoh sharoitlari talaba-yoshlar kelishlariga tayyor holga keltirildi.

Muxtasar qilib aytganda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida va Talabalar turar joyi binosida o‘tkazilgan hashar institut rahbariyati, xodimlar, mehnat jamoasi orasida ko‘tarinki kayfiyat bilan o‘tganini alohida ta’kidlash joiz. Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida o‘tgan ushbu tadbir xalqimiz yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi, yaratish va bunyodkorlik zavqi bilan yashayotganini, buyuk kelajak, farovon hayot barpo etishga intilayotganini yana bir bora namoyon etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!