YANGILIK VA TADBIRLAR

MUKOFOTLAR MUBORAK BО‘LSIN!

photo_2021-08-31_13-11-05

Mamlakatimiz jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga hissa qо‘shayotgan, davlatimiz va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat bо‘lib kelayotgan, jamiyatimizda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik kо‘rsatayotgan bir qator yurtdoshlarimiz «О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlandilar.

🎗О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan mazkur esdalik nishoni bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bir guruh professor-о‘qituvchilari taqdirlandi.

✅Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor – Abdullayev Ulug‘bek Tulanbayevich,
✅Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri – Agzamxodjayeva Shaxnoza Saidmatlabovna,
✅Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi mudiri – Rasulova Mastura Kabilovna,
✅Tillar kafedrasi mudiri – Ikromxonova Firuza Ikromxonovna,
✅Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri – Asilbekov Nurjon Baxtiyorovich.

🎗Eng ulug‘, eng aziz ayyomi arafasida ushbu yuksak mukofot sohiblarini yana bir bor tabriklab, uzoq umr, mustahkam salomatlik va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!