YANGILIK VA TADBIRLAR

Mahalla yoshlari ishtirokida mini-futbol bо‘yicha “Rektor kubogi” bо‘lib о‘tdi

1-5

        Joriy yilning 27-may kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va bandligiga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridagi “Muhandislar”, “Qushbegi”, “Meros”, “Oltin vodiy” mahallalari yoshlari о‘rtasida institutda mini-futbol sport turi bо‘yicha “Rektor kubogi” bо‘lib о‘tdi.

                        Musobaqa natijalariga kо‘ra, о‘rinlar quyidagicha aniqlandi:

1-о‘rin:   “Qushbegi”   mahallasi  yoshlari,

2-о‘rin:   “Meros”  mahallasi yoshlari,

3-о‘rin:  “Oltin vodiy” mahallasi yoshlari.

       “Rektor kubogi”da g‘olib bо‘lgan jamoalarning har bir ishtirokchisiga institut rahbariyati tomonidan turli xil esdalik sovg‘alari topshirildi.

1-о‘rin: “Termosli tefal”,

2-о‘rin:  “Dazmol”,

3-о‘rin: “Idishlar tо‘plami” bilan taqdirlandilar.

Musobaqa juda qizg‘in va bayramona ruhda bо‘lib о‘tdi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!