YANGILIK VA TADBIRLAR

TО‘QIMACHILIK SOHASIDA YARATILAYOTGAN YANGI ISHLANMALARNI MUHOFAZALASH VA EGALIK QILISH HUQUQI

5-25

        Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar belgilangan. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-oktabr kuni intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish о‘tkazilib, unda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
     2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-3855-son va 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4168-son qarorlari hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 19-iyuldagi 638-sonli buyrug‘ining ijrosi bо‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

     Institutda faoliyat kо‘rsatayotgan professor-о‘qituvchilarning tо‘qimachilik sohasida yaratayotgan yangi ishlanmalarini muhofazalash va ularga egalik qilish huquqini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida joriy yil 27-may kuni О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qо‘llab-quvvatlash markazi” mutaxassislari bilan birgalikda intellektual mulk obyektlari (ixtiro va foydali model) uchun talabnomalarni rasmiylashtirish bо‘yicha seminar-trening о‘tkazildi.

          Unda institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan professor-о‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Seminar-treningda targ‘ibot va ilmiy ishlar bо‘limi boshlig‘i Ergasheva Feruza Tulkunovna о‘zining “Ixtiro va foydali model uchun talabnomalarni rasmiylashtirish” mavzusidagi taqdimoti bilan qatnashdi. Tadbir davomida ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ilmiy faoliyatlari jarayonida tez-tez uchrab turadigan talabnomalarni rasmiylashtirish, intellektual mulkni himoyalash, sohadagi ilmiy-tadqiqot va boshqa yangiliklariga egalik huquqlarini oshirish bо‘yicha ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. Tadbir kо‘tarinki ruxda, ishtirokchilarning faolligi asosida qizg‘in muloqot kо‘rinishida bо‘lib о‘tdi.

       Ma’lumot о‘rnida aytish mumkinki, hozirgi kunda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirish va patent olish bо‘yicha respublika oliy ta’lim muassasalari ichida birinchi uchtalikda turadi. Institut professor-о‘qituvchilari tomonidan о‘tgan 2020-yilda bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish maqsadida Intellektual mulk agentligiga patent olish uchun
60 ga yaqin talabnoma topshirilib, 50 ta patent (25 ta ixtiro, 5 ta sanoat namunasi, 14 ta foydali model, 6 ta mualliflik guvohnomasi) olingan.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!