O‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan joriy yilning 1-iyun kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Yangi О‘zbekiston yoshlari” shiori ostidagi “Poyabzal, charm-galanteriya mahsulotlari, kiyim va aksessuarlar – 2021” nomli yosh dizaynerlar hududiy kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Ko‘rik-tanlovda Toshkent to‘qimachilik va Yengil sanoat institutining yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” talabalari Ibragimova Nurxon, Tregubov Aleksandr, Ro‘ziyeva Nafisa, Berdibekova Noila, Abduramanov Alim, О‘tkirxo‘jayeva Nozima o‘z ishlanmalari bilan qatnashmoqdalar. Talabalarning ilmiy rahbarlari sifatida esa dotsentlar N.Mirzayev, M.Ilxamova va D.Pazilova ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma 2-iyun kuni ham bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda qatnashchilar quyidagi nominatsiyalar bilan qatnashmoqda.