YANGILIK VA TADBIRLAR

“Poyabzal, charm-galanteriya mahsulotlari, kiyim va aksessuarlar – 2021” yosh dizaynerlar hududiy kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda

1-3

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tomonidan joriy yilning 1-iyun kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Yangi О‘zbekiston yoshlari” shiori ostidagi “Poyabzal, charm-galanteriya mahsulotlari, kiyim va aksessuarlar – 2021” nomli yosh dizaynerlar hududiy kо‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

      Ko‘rik-tanlovda Toshkent to‘qimachilik va Yengil sanoat institutining yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” talabalari Ibragimova Nurxon, Tregubov Aleksandr, Ro‘ziyeva Nafisa, Berdibekova Noila,  Abduramanov Alim, О‘tkirxo‘jayeva Nozima o‘z ishlanmalari bilan qatnashmoqdalar. Talabalarning ilmiy rahbarlari sifatida esa dotsentlar N.Mirzayev,  M.Ilxamova va D.Pazilova ishtirok etishmoqda. Ko‘rgazma 2-iyun kuni ham bo‘lib o‘tadi.

                          Tadbirda qatnashchilar quyidagi nominatsiyalar bilan qatnashmoqda.

“Eng yaxshi erkaklar poyabzali dizayni”

“Eng yaxshi bolalar poyabzali dizayni”

“Eng yaxshi dekorativ bezak dizayni”

“Eng yaxshi charm-attorlik mahsulotlari dizayni”

“Eng yaxshi sport poyabzali dizayni”

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!