YANGILIK VA TADBIRLAR

Tо‘qimachilik sanoatida mehnat muhofazasi va xavfsizlik masalalari

1-5

      Joriy yilning 2-iyun sanasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida “Tо‘qimachilik sanoatida mehnat muhofazasi va xavfsizlik masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

     Unda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha bosh davlat texnik inspektorlari, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining professor – о‘qituvchi va talabalari hamda ushbu tadbirni yoritish maqsadida OAV xodimlari faol ishtirok etdilar.

      Tadbirni о‘tkazishdan asosiy maqsad – mehnat xavfsizligining muhandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tug‘ilganda ularni amalda qо‘llay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, jarohatlarni, kasbiy kasallik, avariya, yong‘in va portlashlarning oldini ola biladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun ta’sirchanligi yuqori bо‘lgan tadbirlar asosida tarbiyaviy ishlarni targ‘ib qilishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda talabalarni faqat о‘z ixtisoslariga tegishli tor masalalarnigina emas, balki shu masalalar bilan bog‘liq tо‘qimachilik sanoatidagi muammolarni ham hal qila oladigan mehnat muhofazasi bо‘yicha malakali mutaxassis sifatida tayyorlashni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan.

     Tadbirda mamlakatimizda mehnat muhofazasi, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoiti yaratishga oid normativ-huquqiy baza takomillashtirib borilayotgani natijasida qator masalalarni ijtimoiy sheriklik asosida hal qilish imkoni yaratilgani e’tirof etildi. Shuningdek, kasaba uyushmalarining hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash borasida olib borayotgan ishlariga urg‘u berildi.

     Xodimlar mehnati muhofazasini ta’minlashda davlat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligi samaradorligini kuchaytirish, mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar hamda boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, mehnatni muhofaza qilish sohasida profilaktika madaniyatini yuqori darajaga kо‘tarish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

      Xodimlar mehnati muhofazasini ta’minlashda davlat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligi samaradorligini kuchaytirish, mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar hamda boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, mehnatni muhofaza qilish sohasida profilaktika madaniyatini yuqori darajaga kо‘tarish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

      Shundan sо‘ng sо‘z, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi. Mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha bosh davlat texnik inspektori Yerbabayev Rovshan Yusupovich hamda Mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha davlat texnik inspektorlari Karimov Elmurodjon G‘ulomovich va Rasulov Akbar Xikmatovichlarga berildi. Mutaxassislar ham qator korxonalarda juda zararli, tez yonuvchan moddalar, turli nurlar chiqaradigan materiallar ishlatilishi, texnologik jarayonlar shovqin darajasini nihoyatda oshirib yuborilayotgani, vibratsiya, ultra va infra tovushlar, mikroiqlimning noqulayligi, chang va gaz meyordan ortiqcha bо‘lishi hamda boshqa salbiy holatlar kuzatilayotganligi va bularning yechimlari tо‘g‘risida fikr-mulohazalari va tavsiyalarini tadbir ishtirokchilariga alohida ta’kidlab о‘tdilar.

        Tadbir doirasida mehnat muhofazasining samarali ta’minlanishida muhim omil bо‘lgan maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari kо‘rgazmasi ham tashkil etildi.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!