YANGILIK VA TADBIRLAR

Mini-futbol sport turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” 🏆musobaqasi bo‘lib o‘tdi

11-2

      Joriy yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda institutning rivojlantirish konsepsiyasi va dasturidagi vazifalarni 2021-yilda bajarish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Jismoniy va ma’naviy yetuk yoshlar — ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir” shiori ostida institutda faoliyat olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

    Musobaqada institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich, prorektorlar, dekanlar, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, 1-2-3 kurs tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Musobaqa nizomi ishlab chiqildi va Xalqaro futbol assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga asosan o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra quyidagi tartibda o‘rinlar aniqlandi.

🥇1-o‘rin: 3-kurs Tayanch doktorantlar jamoasi.
🥈2-o‘rin: 2-kurs Tayanch doktorantlar jamoasi
🥉3-o‘rin: 1-kurs Tayanch doktorantlar jamoasi

🎗Sport musobaqasining g‘olib va sovrindorlari institut rahbariyati tomonidan quyidagicha taqdirlandi:

🥇1-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 500.000. ming so‘m pul mukofoti va diplomlar;
🥈2-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 400.000 ming so‘m pul mukofoti va diplomlar;
🥉3-o‘rin uchun jamoadagi har bir ishtirokchiga 300.000 ming so‘m pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandilar. 

▶️Bizning kanal👇👇👇
TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!