YANGILIK VA TADBIRLAR

🎗Qutlug‘ 75 yoshingiz muborak bo‘lsin!

2

                                         Hurmatli Mambetova Halima Mirxalilovna!

         2021-yilning 4-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi – ishlab chiqarish o‘quv ustasi Mambetova Halima Mirxalilovna muborak 75 yoshni qarshi oldilar. Shu munosabat bilan oliygoh rektori Ilxom Sabirov va jamoa nomidan muborakbod etildi.
Halima Mirxalilovna 40 yildan ortiq vaqt davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib, faoliyati davomida “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasi ilmiy laboratoriyasida laborant, o‘quv ustasi, katta injener, katta ilmiy xodim, ishlab chiqarish ta’lim sifati bo‘limida ilmiy xodim lavozimlarida ish olib borgan. Kafedraning xo‘jalik shartnomalari va ilmiy loyihalarda katta ilmiy xodim vazifalarida ishlab, o‘zining boy tajribasi, tinimsiz mehnati, g‘ayrat va shijoati bilan institut rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shgan fidoyi xodimlardan biri hisoblanadi.
      Bugungi kunda “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi faxriysi sifatida jamoaning ijtimoiy hayotida faol qatnashib, tajribali mutaxassis va mohir ustoz sifatida barcha yoshlarga namuna bo‘lib kelmoqda.
Shu ulug‘ ayyom, tavallud kun bilan institut rahbariyati nomidan uzoq umr, mustahkam sog‘lik, oilangizga doimo shodu-xurramlik, osoyishtalik tilab qolamiz!

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!