YANGILIK VA TADBIRLAR

“Hayot faoliyati xavsizligini ta’minlashda inson omilining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi

photo_2021-11-24_16-09-25
Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda “Hayot faoliyati xavsizligini ta’minlashda inson omilining o‘rni” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ochilish qismi hamda sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanning kirish so‘zini institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori – Azamat Gulamov ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Ilmiy tadqiqot ishlari va innovatsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i, mayor – M.R.Doschanov tadbir qatnashchilarini muborabbod etdi.
Hozirgi davrda havfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayonining buzilishi, ishchi-xizmatchilar uchun ish joylarida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilmasligi, muhit rivojlanishidagi noxush vaziyatlar, davlatlar o‘rtasida insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi insonalarning hayotiy faoliyatiga, salomatligiga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli mamlakatimizning eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari qatoridan aholi hayotining xavfsizligini ta’minlash masalalari muhim o‘rin egallagan.
Shu munosabat bilan ushbu anjumanda Klaster tizimida paxta sanoati, mexanika, to‘qimachilik xomashyolarini qayta ishlashning dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlari, to‘qimachilik iplari va matolarni ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollari, yengil, kimyo va matbaa sanoati ishlab chiqarishidagi innovatsion texnologiyalar hamda sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Dual ta’limning hamda fundamental, ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik fanlarini o‘qitishning o‘rni haqida gapirib o‘tildi.
Tadbir davomida anjuman ishtirokchilariga zamonaviy dastgohlarda o’quv-amaliyot mashqlari namoyish etildi. Sho’ba yig’ilishlari davom etmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!