YANGILIK VA TADBIRLAR

A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetiga tashrif

photo_2021-11-25_11-25-03
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi tashqi aloqalarni mustahkamlash maqsadida, ikki davlat о‘rtasidagi shartnomalariga asoslanib, joriy yilning 22-24 noyabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich rahbarligida, prorektorlar S.Sh.Toshpo‘latov va B.N.Boboxo‘jayev A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universitetida rasmiy xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti filialini tashkil etish masalasini muhokama qilish orqali hamkorlik ishlarini bundanda rivojlantirishdir.
Tashrif davomida mehmonlar A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti rektori Belgorodskiy Valeriy Savelyevich boshchiligida muhandislik markazi, bolalar texnoparki, moda laboratoriyasi, kutubxona, badiiy to‘qimachilik va liboslar muzeyida bo‘ldilar.
Institutimiz rektori Ilxom Sabirov Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan qо‘shma ta’lim dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarimizning yashash hamda о‘qish sharoitidan xabar oldilar.
Tashrif yakunida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan qо‘shma ta’lim dasturi bо‘yicha Memorandum imzolandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!