YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYeSI xodimlari MDHning “Eng yaxshi o‘qituvchisi – 2021” Xalqaro tanlovida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi

photo_2021-11-27_12-09-16
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining bir guruh fidoyi xodimlari “Bobek” milliy harakati birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining “Eng yaxshi o‘qituvchisi – 2021” Xalqaro tanlovida ishtirok etib, diplom, tanlov ishtirokchilari maqolalari jamlangan to‘plam va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti Maxkamova Shoira Faxritdinovna – II darajali diplom, “To‘qimachilik materialshunosligi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Valieva Zulfiya Faxritdinovna – III darajali diplom, “Ipak texnologiyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusupxodjayeva Gulnoz – III darajali diplom bilan mukofotlandilar.
Shu munosabat bilan institut rektori, texnika fanlari doktori – Ilxom Sabirov Kaxramonovich tomonidan alohida e’tirof etildi. Oliygoh rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan ushbu xodimlar rahbariyat nomidan rag‘batlantirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!