О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora – tadbirlari tо‘g‘risida” 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmoniga asosan, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida “Yangi О‘zbekiston yoshlari” shiori ostida mini-futbol sport turidan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti talaba-yoshlari о‘rtasida о‘rtoqlik uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining, 2-o‘rinni Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, 3-o‘rinni esa Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari qo‘lga kiritishdi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.