YANGILIK VA TADBIRLAR

“XALQ YURAGI” nomli film namoyishi o’tkazildi

photo_2021-12-15_16-28-38
Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Milliy kinematografiya-Yangi O‘zbekiston timsoli” nomli kino oyligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida joriy yilning 16-dekabr kuni Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek ijodi va faoliyatiga bag’ishlangan “XALQ YURAGI” hujjatli filmi namoyish qilindi.
Film О‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.
Tadbirni institut prorektori U.Abdullayev ochib berdi va ijodkorlarni sahnaga taklif etdi. Ular filmni suratga olish jarayonlari haqida so‘zlashdi.
Ma’lumot uchun: Ushbu film Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi chog’ida, Adiblar xiyobonidagi har bir adib haykalini muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida suratga olingan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!